O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6-oktyabrdagi PQ-4851 sonli qarorining 12-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 3-apreldagi 03/51/02-02/19-182-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro muhandislik texnologiyasi instituti tomonidan viloyat umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o’quvchilari o’rtasida "Informatika va axborot texnologiyalari" fani bo'yicha ko'p bosqichli (tuman (shahar) - viloyat - oliy ta’lim muassasasi) olimpiadasi tashkil qilinmoqda.

Olimpiadaning so’nggi bosqichida 1, 2 va 3-o'rinlarni egallagan o‘quvchilarga Buxoro muhandislik texnologiya instituti 60610200 – Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) bakalavr ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga tavsiyanoma kiritiladi.

Bundan tashqari har bir ishtirokchi olimpiadaning faol ishtirokchi sertifikati, hamda qatnashchilarning rahbar (fan o'qituvchi) lari tashakkurnoma bilan taqdirlanadilar.

Olimpiadada ishtirok etishni istagan maktab bitiruvchilari https://olimpiada.bmti.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tishlari kerak. Ro'yxatdan o'tish 27.04.2024 yil soat 23:59 ga qadar davom etadi.

Yangilik va xabarlarni telegramdagi https://t.me/olimpiada_BMTI_2024 kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Olimpiadada ishtirok etish bo'yicha yo'riqnoma bilan tanishish.



Murojaat uchun:+99888-183-67-77 (soat 13:00 dan 18:00 gacha)